TOShKENT, 9 mar — Sputnik. Yevroparlament deputatlari Yevropa TIV Federika Mogerinidan Ukrainalik navodkachi Nadejda Savchenko ishi munosobati bilan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va yana 28 kishiga nisbatan shaxsiy sanksiyalar kiritishni so‘rashdi.
Yevroparlamentning 57 a’zosi tomonidan imzolangan xatda, ularning fikricha “Savchenkoni Ukraina hududidan o‘g‘irlab Rossiyaga olib kelgan, noqonuniy qamoqda ushlab turgan va soxta ayblovlar qo‘ygan” kishilarning ismi shariflari kiritilgan. Yevroparlament deputatlari fikriga ko‘ra, “Rossiya harakatlarini dunyo hamjamiyati oldidi qonuniy qilib ko‘rsatayotgan” kishilarga nisbatan ham sanksiyalar kiritish kerak.
Putindan tashqari ushbu ro‘yxatga Rossiya FXX direktori Aleksandr Bortnikov, Davlat Dumasi xalqaro ishlari bo‘yicha rahbari Aleksey Pushkov, Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin, Lugansk rahbari Igor Plotniskiy va bir necha sudyalar bor.
Ushbu murojaatnoma Polshalik deputat Yatsek Sariush-Volskiy tomonidan Twitter da e’lon qilingan.