TOSHKENT, 8 mar — Sputnik. Oʻzbekiston va Finlandiya ikki taraflama soliq olishga yoʻl qoʻymaslik haqidagi shartnomaga oʻzgarishlar kiritishdi, deyilga Oʻzbekiston TIV xabarida.
Hozirgi vaqtda, koʻp mamlakatlar orsida bunday shartnomalar yoʻqligi tufayli soliq toʻlovchilar, baʼzi hollarda, oʻz fuqarolik mamlakatlarida va vaqtincha yashayotgan mamlakatlarida soliq toʻlaydilar. Oʻzbekiston bunday shartnomalarni bir necha mamlakatlar bilan tuzgan, ular orsida Ispaniya va Germaniya ham bor.
Oʻzbekiston va Finlandiya orasidagi ikki taraflama soliq olishga yoʻl qoʻymaslik haqidagi shartnoma dastlab 1998 yilda tuzilgan edi. Shartnomaga aynan qanday oʻzgarishlar kiritilgani xabar berilmagan, faqat ushbu oʻzgarishlar mamlkatlar orasidagi soliq munosobatlariga oydinlik kiritib, ularni xalqaro soliq tizimi standartlariga moslashtirishga moʻljallanganligi xabar berilgan.