TOShKENT, 8 mar — Sputnik. Poytaxt militsiya xodimlari, Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosobati bilan, avtomashinalarni to‘xtatib hujjat tekshirish o‘rniga ayol haydovchilarga gullar sovg‘a qilmoqda. Bu haqda facebookdagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari yozmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu tadbir Toshkentning barcha tumanlarida bo‘lib o‘tmoqda. Odamlar erta tongdan DAN xodimlari ko‘p miqdorda gullar sotib olayotgani guvohi bo‘lishgan.
“DAN xodimlari hamma joyda turishibdi. Men dokument axtarishga kirishsam, ular yoqimli so‘zlar bilan tabriklab gul berishdi. Shunday ekan bugun yo‘l qoidalarini buzsak ham bo‘ladi”, — deb yozgan guruh a’zolaridan biri.
“VT” guruhi a’zolari ushbu tadbirni faol muhokama qilshdi. Ko‘pchillik “odamning xursand qilish uchun ko‘p narsa kerak emas” deyishdi. Toshkent militsiya xodimlari bugun yuzlab toshkentlik ayollarning kayfiyatini ko‘tarishdi, ular bu kunni uzoq vaqt eslab qoladilar.