TOShKENT, 8 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ayollarni Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabrikladi. Davlat rahbari, ayollar bu dunyoga yaxshilik, go‘zallik, yorug‘lik va umid olib kelishini ta’kidladi.
“Ayollar avvalo bizga hayot berishadi, keyin o‘z muhabbatlari va g‘amxo‘rliklaari bilan qo‘llab quvvatlashadi. Rossiyaning yuragi uning ayollarining mehridadir… Siz bu dunyoga yaxshilik, go‘zallik, yorug‘lik va umid olib kelasizlar. Biz sizlar bilan mag‘rurlanamiz va sizlarni sevamiz. Sizlarni yana bir marta bayram bilan tabriklaymiz, hayotingizda quvonchli kunlar va yillar ko‘proq bo‘lishini tilayman. Baxtli bo‘linglar”, — dedi Putin.
Ulug‘ Vatan urushi yillari ayollariga Rossiya prezidenti alohida minnatdorchilik bildirdi. “Sizning ruhiy kuch-quvvatingiz, qahramonligingiz, bizni haqiqiy erkak bo‘lishga, har qanday vaziyatda g‘alaba qozonishga o‘rgatdi”, — dedi prezident.
Xalqaro xotin-qizlar kuni bir necha mamlakatlarda nishonlanadi. BMT tomonidan ushbu bayram ayollar huquqlari va xalqaro tinchlik kuni deb e’lon qilingan. Ushbu bayram tarixda mehnat qiluvchi ayollarning jamiyatda teng huquqlar uchun kurashi va ozodlikka chiqish kuni sifatida paydo bo‘lgan.