TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Xalqaro Ayollar kuni bayrami arafasida, Istambulning markaziy maydoniga yig‘ilgan ayollar namoyishini quvish uchun politsiya rezina o‘qlardan foydalandi, RIA Novosti Reyter xabariga asosan.
Yakshanba kuni yuzlab ayollar Istambulning markaziy maydoniga, ayollar huquqlari uchun kurash ramzi bo‘lgan binafsha rang ro‘mollar va shiorlar bilan chiqdi. Namoyishchilar maqsadi — turk jamiyatida ayollar ahvoliga jamoatchilik diqqatini qaratish edi.
Axborot agentligi xabariga ko‘ra, Anqarada ham bir necha o‘nlab ayollar namoyishga chiqqan, politsiya va namoyishchilar orasida to‘qnashuvlar yuz bergan.