TOShKENT, 5 mar — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2016-yil 4-martdagi PQ-2504 sonli Farmoni bilan Aziz Abduxakimov Mehnat vaziri etib tayinlandi. Mehnat vazirligi Islom Karimovning 22-fevraldagi farmoni bilan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi negizida tashkil etilgan edi.
Abduxakimov Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligini 2014-yil yozidan beri boshqarib kelgan. 2012-yil noyabridan Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi, 2010-yil martidan Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlagan.
Prezidentning boshqa Farmoni bilan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi rahbari o‘rinbosari lavozimini egallab kelgan Bahodir Nizomov, Mehnat vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.
Islom Karimov Mehnat vazirini tayinladi
11:13 05.03.2016 (yangilandi: 12:08 05.03.2016)
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2016-yil 4-martdagi PQ-2504 sonli Farmoni bilan Aziz Abduxakimov Mehnat vaziri etib tayinlandi.