Butun Suriyada svet o‘chdi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishSuriyaning Xoms shahri
Suriyaning Xoms shahri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Butun Suriya hududida elektr ta’minoti muammosi kuzatilmoqda. SAR Enrgetika vazirligi ushbu FH sabablarini o‘rganmoqda. Texnik nosozlikmi yoki terrorchilar diversiyasi.

TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Ayni damda Suriya Enrgetika vazirligi xodimlari ushbu FH sabablarini o‘rganmoqda: texnik nosozlikmi yoki terrorchilar diversiyasi.

Oliy ma’lum bo‘lishicha, butun Suriya  bo‘ylab elektr energiyasi ta’minotida nosozliklar yuz bergani haqida xabar berilgan edi. Buning sabablari hozir o‘rganilmoqda.

“Biz hozir ushbu nosozlik sabablarini o‘rganmoqdamiz. Bu texnik nosozlik tufaylimi yoki terrorchilar diversiyasi. Elektr ta’minotidan tashqari, internet aloqasi o‘zilishi ham kuzatilmoqda. FH sababi aniqlangach, biz uni e’lon qilamiz”, dedi vazirlik xodimi agentlikka.

Suriyada inqiroz boshlanganidan beri ko‘p shaharlar elektr ta’minotisiz qoldi. Damashqda ham elektr uzuluksiz ravishda berilmayapti. Ushbu qiyinchiliklar terorrchilar bir necha neft va gaz  konlarigi egallab olganidan keyin paydo bo‘ldi. Mamlakatda energiya resurslari tnqisligi sezilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0