OAV: Istanbulda ikki terrorchi-ayol yashiringan bino shturm qilinmoqda

© AP Photo / Emrah GurelTurkiya politsiyasi
Turkiya politsiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayollar politsiya bo‘limiga tajovuz qilishgan. Otishma davomida ayollardan biri yaralangan, shuningdek, bitta politsiyachi ham qo‘lidan yaralanganligi ta’kidlanmoqda.

TOShKENT, 3 mar — Sputnik, Alena Palajchenko. Istanbuldagi politsiya mahkamasiga hujum uyushtirgan ikki terrorchi ayol bekingan bino xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan shturm qilinmoqda, xabar qiladi RIA Novosti.

Sal oldin bu ikki terrorchi Bayramposha tumanida joylashgan politsiya mahkamasi yonidan o‘tib ketayotgan politsiyachilar avtobusiga qarata ikkita granata uloqtirib, o‘t ochishgani haqida xabar qilingan edi. Shundan so‘ng, ayollar darhol taksi ushlab, voqea joyidan qochishgan va mashinadan tushgach, odamlar yashaydigan ko‘p qavatli uylarning biriga kirib, bekinib olishgan. Bino shu zahotiyoq politsiyachilar tomonidan o‘rab olingan.

Ro‘y bergan otishma davomida, ayollardan biri yaralangan. Politsiyachilardan biri ham qo‘lidan jarohat olgan.

Operatsiya o‘tkazilayotgan tumanda o‘q va portlash ovozlari eshitilayotgani ta’kidlanmoqda. Operatsiyaga politsiyachilar vertoloti ham jalb qilingan. Terrorchilar yashiringan binodan odamlar evakuatsiya qilinganligi aytilmoqda. Operatsiya o‘tkazilayotgan tuman yopib tashlangan, transport harakati to‘xtatilgan, politsiyachilar radiokarnaylar yordamida yarim soat davomida ayollarni taslim bo‘lishga chaqirgan. Ulardan sado chiqmagach, spesnaz xodimlari binoni shturm qilishni boshladi.

Yangiliklar lentasi
0