TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Jahondagi eng yirik neft eksportchilari hisoblanmish Saudiya Arabistoni davlati, aprel oyidan boshlab, Osiyolik xaridorlar uchun neft mahsulotlari narxini ko‘tarishni rejalashtirmoqda, deb yozadi The Financial Times nashri. RIA Novosti xabariga ko‘ra.
Kutilishicha, Saudi Aramco, Osiyo uchun Arab Light markasidagi neft bahosini 0,25 dollarga oshiradi. Shunday qilib, Oman-Dubay regionlari uchun neft bahosi 1 dollardan 0,75 dollarga pasayishi kutilmoqda. Shu bilan bir qatorda, Saudi Aramco ikki nafar osiyolik xaridorlar uchun ikki sortdagi neft narxini 0,25 dollardan 0,35 dollarga oshirishni rejalashtirgan.
Nashrda ta’kidlanishicha, shu tariqa, Saudi Aramco Osiyo regionlarida neftga bo‘lgan talab “yaxshilanishiga” umid qilmoqda.