TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Rossiya ayni vaqtda yettinchi avlod qiruvchilarini yaratish ustida ish olib bormoqda, deb xabar qildi chorshanba kuni Rossiya Havo-kosmik kuchlari Bosh qo‘mondoni general-polkovnik Viktor Bondarov.
Ayni vaqtda Rossiya Harbiy kuchlari 4++ avlod qiruvchilariga ega. Shuningdek, beshinchi avlod qiruvchilari bo‘lmish – T-50 samolyotlari sinovdan o‘tkazilmoqda. Hozirga qadar, dunyo bo‘yicha beshinchi avlod qiruvchilari, ya’ni F-22 va F-35 samolyotlariga faqat bitta davlat – AQSh ega.
“Agar biz hozir to‘xtasak, bir umrga to‘xtab qolamiz. Hozirda, oltinchi, va menimcha, yettinchi avlod qiruvchilarini yaratish ustida ish olib borilmoqda. Ko‘p gapirishga haqqim yo‘q”, — dedi Bondarov, oltinchi avlod qiruvchilari yaratilishi borasida savollarga javob berar ekan.