TOShKENT, 2 mar – Sputnik, Aleksandr Shishlo. Turkiya o‘z dengiz chegarasi ichiga NATO harbiy kemalarini kiritishdan bosh tortmoqda. RTBF teleradiokompaniyasi xabariga ko‘ra, NATO Egey dengizi hududiga Turkiya va Gretsiya orasida halokatga uchrayotgan migrantlarga yordam berish.
OAV xabariga ko‘ra, Turkiya hukumati to‘rt harbiy kemadan tashkil topgan NATO dengiz guruhi qo‘mondoni Yorgu Klyaynuni o‘z huzuriga taklif qilgan. Ularning fikriga ko‘ra Anqarada ushbu kemalar joylashish joyi belgilab olinadi.
Berlin va Anqara ushbu masala bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda. Turkiya hukumati NATO kemalari tomonidan Egey dengizida “qutqarilgan” qochqinlarni o‘z hududida qabul qilishga qarshi ekanligi ko‘pchillika ma’lum.
Turkiya dengiz chegaralariga NATO harbiy kemalarini yuborish haqidagi qaror 11-fevral kuni Brusselda bo‘lib o‘tgan Shimoliy alyansning 28 mamlakati uchrashuvida qabul qilindi.