TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Moskvaning “Domodedovo” va “Sheremetyevo” aeroportlari yoqqan qalin qor yog‘ishi tufayli 100 dan ziyod parvozlarni bekor qilishdi, 70 ga yaqini ushlab kolinmoqda.
Moskvada kuchli qor seshanba kuni kechqurun boshlandi. Tuni bilan Moskvada bir oylik normaning yarmi yog‘di. Ob-havo ma’lumot markazi xabar berishiga ko‘ra, chorshanba kuni kechqurun kuchli tuman tushishi kutilmoqda.
“Sheremetyevo” aeroportining onlayn tablosiga ko‘ra, Moskva vaqti bilan soat 08:20da 93ta aviareyr bekor qilingan va 53ta reys ushlab qolingan. “Domodedovo” aeroportida esa yettita reys bekor qilinib 19tasi ushlab qolingan. “Vnukovo” aeroportila bekor qilingan yoki ushlab qolingan reyslar yo‘q.
Snegopad v Moskve
© Sputnik / Vitaliy Belousov
/