TOShKENT, 2 mar – Sputnik. Davlat xizmatlari yagona portali (my.gov.uz) orqali murojaatlar 3,3 baravar oshib 317 ming murojaatni tashkil qildi, portal matbuot xizmati xabari asosida.
Ushbu murojaatlarning 117 mingi aholidan, 200 mingi – yuridik shaxslardan. Ulardan 190 mingi – tadbirkorlik sutyektlaridir. Shu bilan bir vaqtda telefon orqali murojaatlar soni ham 2,7 baravar ko‘paydi.
“Yagona portalga har kuni 1,8 ming murojaatlar kelib tushmoqda. Bu aholining o‘z huquqlaridan foydalanish uquvi oshayotganidan darak beradi. Undan tashqari 2015-yilda YaIDXPga yangi qonunchilik aktlarini baholash va muhokama qilish bo‘limi ochildi. Ushbu bo‘lim orqali 2015-yilda 453 qonunchilik hujjati muhokamaga chiqarildi”, deyilgan portal matbuot xizmati xabarida.
2013 yil yanvarida O‘zbekiston prezidenti “Elektron hukumat” tizimini ishlab chiqarishga topshiriq berdi. Hozirgi vaqtga kelib O‘zbekiston elektron hukumati tizimida 20 dan ortiq loyihalar faoliyat ko‘rsatmoqda. 3012-yilning 1-iyulidan ishga tushirilgan YaIDXP tizimi hozirgi kunga kelib 600 davlat boshqaruvchi tashkilot va muassasalari nomidan 280 interaktiv xizmatlar ko‘rsatmoqda.