Yaponiya 11 ta ijtimoiy loyiha uchun grantlar ajratdi

© Press-slujba posolstva YaponiiToshkentda Yaponiya elchixonasida grantlarni topshirish tadbiri.
Toshkentda Yaponiya elchixonasida grantlarni topshirish tadbiri. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Grantlar tibbiyot, ta’lim va mehnat sohalari, shuningdek, nogironlarga yordam loyihalari bo‘yicha ajratilgan.

TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Yaponiya hukumati kichik ko‘lamdagi ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam tariqasida 11ta loyiha hayotga tadbiq etilishi uchun O‘zbekistonga 566 ming AQSh dollari miqdorida navbatdagi grantlarni ajratdi, deb xabar beradi Gazeta.uz.
Grand-shartnomalarni imzolash marosimi 1-mart kuni Toshkentda, Yaponiya elchisi Fumixiko Kato,  shuningdek, O‘zbekiston Sog‘liqni Saqlash vazirligi rahbarining birinchi o‘rinbosari Asilbek Xudoyorov hamda Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Abruyevlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

«Yaponiya hukumati 1995-yildan boshlab, tibbiyot, ta’lim, ayollarning ijtimoiy hayotdagi o‘rnini yuksaltirish, qishloq xo‘jaligi sohalarini o‘z ichiga qamarb olgan kichik ko‘lamdagi ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam dasturini amalga tadbiq etib kelmoqda. O‘tgan 20-yil davomida, ya’ni o‘tgan yilga qadar, umumiy miqdori 23,28 million AQSh dollarini tashkil etgan 352ta loyiha amalga oshirildi», — deb ta’kidladi tadbirda Yaponiya elchisi.

Yangi grantlar doirasida Toshkent viloyati, Shayhontohur tumanidagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan  №37 maktab, Andijon viloyati Asaka tumanidagi №14 maxsus maktab-internat, Buxorodagi ko‘rish qobiliyati sust bo‘lgan bolalar maktabi(№24), Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumanidagi №93 o‘rta ta’lim maktabi, Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumanidagi №15 o‘rta ta’lim maktabi, Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi №40 o‘rta ta’lim maktabi jihozlar bilan ta’minlanadi.
Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Xalq ta’limi qoshida tashkil etilgan №1 muruvvat uyi, Samarqand shahridagi №20 maktabgacha ta’lim maskani, Sariosiyo tumani tibbiyot uyushmasi, Toshkent viloyati Parkent tumanidagi “Nomdanak” qishloq vrachlik punkti, shuningdek, Toshkent viloyatidagi nogironlar uchun reabilitatsiya markaziga ham zamonaviy jihozlar yetkazib beriladi.

Yangiliklar lentasi
0