Tojikiston fuqarolariga oziq-ovqat va suvni g‘amlab qo‘yish tavsiya etilmoqda

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishDushanbedagi "Yashil bozor"
Dushanbedagi Yashil bozor - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston hukumati qish-qishday bo‘lmagani, bahor esa muddatdan oldin boshlangani tufayli, joriy yilda hosil mo‘l bo‘lmasligidan havotir olmoqda.

TOShKENT, 1 mar — Sputnik. 29-fevral kuni Dushanbe shahrida mamlakat hukumati kengashi o‘tkazildi. Unda so‘zga chiqqan prezident Emomali Rahmon ob-havo shart-sharoitlari joriy yilda mamlakat foydasiga bo‘lmagani haqida ta’kidladi, deb xabar qiladi Sputnik Tojikiston.

"Qorsiz qish, muddatdan oldin boshlangan bahor — joriy yilda qurg‘oqchilik, suv tanqisligi muammolarini keltirib chiqarishi mumkin, qolaversa, bu hosil mo‘l bo‘lmasligidan dalolat”, — deb ta’kidladi millat Yetakchisi.

Shu munosabat bilan, hukumat hozirdan yerlarni sug‘orish ishlariga kirishishni maslahat bermoqda. Bunda bog‘lar, uzumzorlar va qishloq xo‘jaligi sohasiga oid yerlarga alohida e’tibor qaratilishi lozimligi aytib o‘tildi. Shuningdek, kelajak uchun suv g‘amlashni boshlash tavsiya etildi.

Mahalliy hukumat organlariga davlat tadbirlari va turli bayramlar uchun pul tejashda tejamkor bo‘lish tayinlangan bo‘lsa, aholiga oziq-ovqat mahsulotlarini g‘amlash maslahat berildi.

Yangiliklar lentasi
0