TOShKENT, 1 mar – Sputnik, Dmitriy Zlodorev. AQSh Davlat departamenti fuqarolarga Turkiyaga borish xavfli ekanligini xabar berdi.
“Davlat departamenti Amerika fuqarolariga Turkiyaga borishdan voz kechishga chaqiradi. Yaqinda bo‘lib o‘tgan teraktlar hamda xalqaro va mahalliy terrorchi guruhlar tomonidan tahlikalarning oshishi tufayli, AQSh fuqarolari Turkiyaga safar chog‘ida o‘ta ehtiyotkor bo‘lshlari kerak”, — deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 17-fevralda Turkiya poytaxti Anqara markazida, parlament binosi yaqinida, bomba o‘rnatilgan avtomobil portlatib yuborildi. 29 kishi qurbon bo‘ldi, 61 kishi yaralandi. Turkiya bosh vaziri Axmet Dovuto‘g‘li ushbu teraktlarda Suriya Qurdlarining o‘z-o‘zini himoya qilish kuchlarini aybladi. Suriya Qurdlari demokratik partiyasi rahbari Solih Muslim ushbu ayblovlarni inkor qildi. Keyinroq ushbu terakt uchun javobgarlikni “Ozod Qurdiston lochinlari” radikal guruhi o‘z zimmasiga oldi.