O‘zbekistondan qadimiy tangalarni olib chiqib ketmoqchi bo‘lganlar ushlandi

© Sputnik / A. Varfolomeyev / Mediabankka o‘tishKushan davriga oid tangalar
Kushan davriga oid tangalar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ekspertiza tangalar II - XIX asrlarga taaluqli ekanligini anqladi. Bugungi kunda ularning umumiy qiymati 25 ming dollar ekanligini aniqladi.

TOShKENT, 1 mar — Sputnik.O‘zbekiston bojxona xodimlari O‘zbekistondan Rossiyaga 26 qadimiy kumush va mis tangalarni olib chiqib ketishini oldini oldi, RIA Novosti O‘zbekiston DBQ xabariga asosan. 

“Termez aeroportida, O‘zbekistondan 26 qadimiy tangalarni noqonuniy olib chiqib ketish oldi olindi. Ushbu ish yuzasidan Termez – Moskva yo‘nalishida parvoz qilayotgan,  O‘zbekiston fuqarosi Ergash Begimov hibsga olindi”, — deyilgan xabarda.

Davlat Bojxona xodimlari ma’lumotiga qaraganda, tangalar oddiy kanselyariya stepleri ichiga va qo‘l yukida bo‘lgan yo‘lovchining kiyimlari ichiga yashirilgan bo‘lgan. 

“Tekshiruv natijasida ma’lum bo‘lishiga qaraganda, tangalarning haqiqiy egasi, O‘zbekistonda vaqtinchalik yashash huquqiga ega bo‘lgan (vid na jitelstvo) Rossiya fuqarosi Igor Popov bo‘lgan. Begimov esa – oddiy kuryer bo‘lgan.

Eksperlar fikriga ko‘ra tangalar Yunon-Baqtriya davlati davriga, Qoraxoniylar va Temuriylar davriga oid bo‘lgan. Umimiy hisobda ular II dan XIX asrlarga oid. Tangalarning ummiy qiymati 70 mln so‘mni (25 ming dollar) tashkil qiladi.

Ushbu ish yuzasidan, O‘zbekiston Jinoyat kodeksi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, tergov olib borilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0