YeI ekspertlari O‘zbekistonda bojxona xodimlarining o‘quv tizimini o‘rganib chiqadi

Obuna bo‘lish
Ekspertlar O‘zbekiston bojxona tizimi uchun mavjud bo‘lgan o‘quv tizimini o‘rganib, uning Butunjahon Bojxona tizimi tashkilotining professional tizimiga mos kelish, kelmasligini aniqlashadi.

TOShKENT, 29 fev — Sputnik. Ertaga Toshkentga uch kunlik tashrif bilan O‘rta Osiyo Chegara Boshqarish tizimlariga yordam berish dasturining (BOMKA) tyexnik maslahatchilar guruhi tashrif buyuradi.

Riga Texnik universiteti mutaxassislari O‘zbekistonda Bojxona xodimlari uchun mavjud bo‘lgan o‘quv dasturlarini o‘rganib chiqib, ularning Umumjahon Bojxona standartlariga va YeIning Soliqchilik va Bojxona ittifoqi Bosh direktorati tavsiyanomalariga mos kelish-kelmasligini aniqlashni rejalashtirigan.

“Undan tashqari, mutaxassisilar O‘zbekiston Oliy bojxona institutining o‘quv tizimi, dasturlari, o‘quv jarayoni, metodik va texnik bazalari bilan tanishib chiqadilar. Tashrif yakunida, Umumjahon Bojxona tashkilotida bojxona xodimlariga mo‘ljallangan o‘quv dasturlarini akkreditatsiya qilish uchun kerakli maslahatlar beriladi”, — deb xabar berdi YeIning O‘zbekistondagi delegatsiyasi.

Yevropa Ittifoqi BOMKA dasturini 2003-yildan beri amalga oshirib kelmoqda. Ushbu dastur doirasida, O‘rta Osiyo mamlakatlariga turli maqsadlarni amalga oshirish uchun 38 million Yevro ajratildi.

Dasturning asosiy vazifasi – chegarani boshqarishda zamonaviy tajribani qo‘llash, chegara va migratsiya muassasalari imkoniyatlarini kengaytirishdir.

Yangiliklar lentasi
0