Turkmanistondagi xotin-qizlar 8-martda 11 dollardan pul mukofoti oladi

© Sputnik / S. Lidov / Mediabankka o‘tishTurkman qizlari.
Turkman qizlari. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkmanistondagi ayollar 8-mart xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan mamlakat prezidentidan 11 dollardan mukofot oladilar.

TOShKENT, 27 fev – Sputnik. Turkmanistondagi ayollar 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mamlakat prezidentidan 40 manat(11 dollardan sal ko‘p)dan mukofot puli oladilar, Sputnik Armaniston xabariga ko‘ra.

8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami. - Sputnik O‘zbekiston
Xotin-qizlar bayrami munosobati bilan 7-mart dam olish kuni deb e’lon qilindi

Bu borada tegishli qaror hukumat kengashi davomida Turkmaniston prezidenti Gurbaguli Berdimuhammedov tomonidan imzolandi.

Davlat rahbari farmoniga muvofiq prezident mukofoti mamlakat ishlab-chiqarish tashkilotlarida, muassasalarda hamda uyushmalarda faoliyat yurituvchi ayollarga beriladi.

Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan pul mukofoti, shuningdek, nafaqa yoshidagi ayollarga, davlat qaramog‘ida bo‘lgan ayollarga, aspirantura, doktorantura, klinik ordinaturada tahsil olayotgan xotin-qizlarga, Turkmaniston prezidenti qoshida tashkil etilgan davlat xizmati Akademiyasi tinglovchilariga, talabalarga, maktab o‘quvchilari va bolalar bog‘chalari tarbiyalanuvchilariga beriladi.

Gurbanguli Berdimuhammedov chiqargan farmonga muvofiq, pul mukofotlari o‘z sohibalariga 1-5 mart sanasi oralig‘ida topshiriladi.

Turkman ayollariga Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan pul mukofotini topshirish an’anasi Turkmanistonning birinchi prezidenti Saparmurod Niyozov tomonidan kiritilgan. Sakkizinchi mart bayrami odamlarga sobiq Ittifoq davrini eslatmasligi uchun, Turkmanboshi bu ayyomini Navro‘z bayrami kunida nishonlashni buyurgan edi.

Xalqaro xotin-qizlar kuni, ya’ni 8-mart ayyomi hozirgi prezident Gurbanguli Berdimuhammedov tomonidan 2008-yilda qayta tiklangan.

Yangiliklar lentasi
0