TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal Xavfsizlik Xizmati xay’atidan so‘ng juma kuni yangi namunadagi maxsus texnikalarni ko‘zdan kechirdi, deb xabar qildi juma kuni Rossiya davlati rahbari matbuot-kotibi Dmitriy Peskov.
"Spesnaz uchun mo‘ljallangan texnikalar namoyish etildi", — dedi Peskov. Shu bilan birga, u, qanday turdagi texnika haqida gap borayotganiga aniqlik kiritmadi.
Bundan sal oldin Lifenews nashri, prezidentga namoyish etilgan mashinalar orasida, yangi chiqarilgan zirg‘langan mashinalar borligi haqida ma’lumot berib, ular tashqi tomondan “Karatel” va “Viking” bronemashinalariga o‘xshab ketishini ta’kidlagan edi.