TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Moskva hokimligi 10-martdan boshlab shahar aholisi noroziligiga sabab bo‘layotgan xostellarga 50 reydlarni amalga oshiradi, deb xabar qilindi juma kuni Moskva meri rasmiy portalida.
2016-yil 1-iyulga qadar, poytaxtdagi barcha mehmonxonalar, shu jumladan, xostellar ham klassifikatsiyadan o‘tishi va sertifikat olishi shart. Hozirda shahardagi atigi 5% xostellar ana shunday sifat sertifikatiga ega. Sifat talabiga javob bermaydigan xostellar, yopilishi ma’lum qilinmoqda.
"10-martdan boshlab Moskvadagi shahar aholisi noroziligiga sabab bo‘layotgan xostellar ustidan tekshiruv ishlari boshlanadi. Politsiya, FMS(FMX) hamda Rossiya iste’molchilar nazorat qo‘mitasi xodimlari hamkorligida shaharning turli chekkalarida joylashgan 50ta obyektlarga reydlar amalga oshiriladi", — deyilgan xabarda.
Ushbu tekshiruvlardan asosiy maqsad, sanitar normalari talabiga javob bermaydigan xostellarni aniqlash ekani, ta’kidlanmoqda.