“Severnaya” shaxtasidan konchilarni qutqarishda 500 kishi qatnashmoqda

© Sputnik / Vladimir Pirogov / Mediabankka o‘tishKumtor koni
Kumtor koni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vorkuta shahri yaqinida joylashgan “Severnaya” shaxtasida ikki portlash yuz berdi. Fojea natijasida 4 kishi qurbon bo‘ldi, 26 kishining taqdiri noma’lum.

TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Vorkuta shahrining “Severnaya” shaxtasida, o‘pirilib tushgan tog‘ jismlari ostida qolib ketgan konchilarni qutqarish uchun 500 qutqaruvchi  va 90 texnika qatnashmoqda, Favqulodda holatlar vazirligi xabariga ko‘ra.  

“Qutqaruvchilar guruhi 480 kishidan iborat, texnik vositalar 90 ta, ulardan to‘rttais havo kemasi”, — dedi Rossiya FHV xodimi.

Vorkuta shahri yaqinida joylashgan “Severnaya” shaxtasida Payshanba kuni, moskva vaqti bilan soat 14:22 da, 748 m chuqurlikda ikkita portlash yuz berdi. Avariya vaqtida shaxtada, taxminan 1 km chuqurlikda 110 kishi ishlayotgan bo‘lgan. Ulardan 80 kishi yer  ustiga chiqishga muvaffaq bo‘lishgan. To‘rt kishi qurbon bo‘lgan. Portlash episentriga yaqin joyda ishlayotgan 26 kishining taqdiri hozircha noma’lum.

Qutqarilgan konchilar orasida bir necha kishi jarohatlangan. Ularning aksariyati isli gazdan zaharlangan bo‘lib, barokameralarda davolanmoqda. Bazilarga psixolog yordam bermoqda.

 

 

 

 

Yangiliklar lentasi
0