Moskvadan Pxuketga uchayotgan samolyot shoshilinch tarzda Toshkentga qo‘ndi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishSamolet Boeing 767 samolyoti
Samolet Boeing 767 samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Azur-Eyr kompaniyasining Moskvada – Pxuket yo‘nalishida parvoz qilayotgan Boing 767-300 samolyoti, texnik nosozlik tufayli, 327 yo‘lovchi bilan Toshkent aeroportiga shoshilinch tarzda qo‘ndi.

TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Moskvada – Pxuket yo‘nalishida parvoz qilayotgan, Azur-Eyr kompaniyasining Boing 767-300 samolyoti, texnik nosozlik tufayli Toshkent aeroportiga shoshilinch tarzda qo‘ndi, deb xabar brmoqda RIA Novosti, G‘arbiy-Sibir okrugi transport  prokuraturasi xodimi Oksana Gorbunovaning so‘zlariga asosan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2016-yil 26-fevral kuni, mahalliy vaqt bilan soat 05:38 da Azur-Eyr kompaniyasining Moskva – Pxuket yo‘nalishida parvoz qilayotgan Boing 767-300 samolyoti, 327 yo‘lovchi bilan Toshkenta eroportiga shoshilinch tarzda qo‘nishga majbul bo‘ldi. Texnik nosozlik sababi — ko‘rsatkichlar samolyot dvigatellaridan birida yog‘ bosimi tushib ketganini ko‘rsatgan.

Aviakompaniya yo‘lovchilarni manzilga ikki rezerv Boing 757-300 samolyoti yordamida yetkizishga qaror qildi. Rezerv samolyotlar mahalliy vaqt bilan soat 16:00 da uchishi kutilmoqda.   

Gorbunovaning so‘zlariga qaraganda, Krasnoyarsk transport prokuraturasi ushbu hodisa bo‘yicha tekshiruv ishlari olib bormoqda. Tekshiruv parvoz xavfsizlik qoidalariga amal qilish va to‘xtashga majbur bo‘lgan samolyot yo‘lovchilari huquqlarini saqlash nazorati bo‘yicha olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0