TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida bugun 13 – qishgi ekstremal sport turlari festivali “Chimon-Ekstreim 2016” boshlanadi, deyilgan festivalning Facebook tarmog‘idagi sahifasida.
Festival butun O‘zbekistondan tog‘ chang‘ichilari va snoubordchilarni to‘playdi. Festivalning birinchi kuni tog‘ chang‘isi va snoubordchilarning “slalom” yoki “paralel slalom” bo‘yicha musobaqasi “12 chashma” klubi yo‘laklarida bo‘lib o‘tadi.
Festivalning ikkinchi kuni ekstremal chan-ichilikning border-kross, ski-kross hamda big air turlari bshyicha musobaqalar “Chimon oromgohi” dam olish maskanining tog‘ yo‘laklarida bo‘lib o‘tadi. Bu yilgi festivalda paraplanerchilarning namunali chiqishi bo‘lishi kutilmoqda.
Festival O‘zbekiston Madaniyat va Sport ishlari vazirligi, Toshkent viloyati hokimiyati, Tog‘-ekstremal turizm federatsiyasi, “Chimon oromgohi” sog‘lomlashtirish markazi va “12 chashma” klublari tomonidan tashkil qilingan.
Festivalning asosiy maqsadi bu qishgi ekstremal sport turlarini yoshlar orasida ommaviylashtirishdir. Festivalda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan sportchilar qatnashadi. Bu yil umumiy sportchilar soni 250 kishi bo‘lishi kutilmoqda. Sportchilar chiqishlarini tomosha qilishga 1500 kishi kelishi kutilmoqda. Kirish bepul.