Salon: Vashington tavakkalchiligi Ukrainaga juda qimmatga tushdi

© Sputnik / Aleksey Vovk / Mediabankka o‘tishKiyevda norozilik tadbirlari
Kiyevda norozilik tadbirlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerika nashri, yozishiga ko‘ra Kiyevdagi davlat to‘ntarilishi, Vashingtonning eng muvaffaqiyatsiz avanturasi bo‘ldi. Bunday tavakkalning oqibatlari AQSh va Ukraina rahbarlarining tushiga ham kirmagan edi.

TOShKENT, 25 fev —Sputnik. AQSh yordamida 2014-yil Fevralida amalga oshirilgan davlat to‘ntarilishidan keyin, Ukraina siyosiy inqiroz holatidan gumanitar halokat holatigacha yetib keldi, deb yozadi Salon nashridan Patrik Smit.

“AQSh siyosiy yo‘nalishini o‘zgalarga majburiy bog‘lash – mamalakatni halokatga olib keldi, minglab qurbonlar, milliy tarqoqlik oqibatida Ukraina iqtisodiy inqirozga yuz tutdi. Bugungi hodisalar – bu hali oxiri emas. Kiyevda ashaddiy siyosiy kurash ketmoqda. Korrupsiya va neonatsist (millatchi) guruhlar o‘zboshimchaligi avjiga chiqqan”, — deb yozadi jurnalist.

Neonatsist guruhlar ta’siri ostida mamlakat rahbariyati Sharqda harbiy harakatlarni yangilashga majbur bo‘lmoqda.

Vashingtonning Rossiyaga qarshi qaratilgan kampaniyasi Ukrainani Rossiya yonidagi, har qanday chorani qo‘llashga tayor, g‘azabli raqibga aylantirdi. Yarmi aholi uchun rus tili ona tili bo‘lgan mamlakat, rus tilini ta’qib qilayotgan hukumat qo‘li ostida yashashga majbur qilinmoqda. Mojaro uzoq vaqt davom etishiga qaramasdan, uning yaxshilik bilan tugashiga zarracha umid yo‘q.

“Sovuq urush davri tugaganidan keyingi, Vashingtonning o‘z ta’siri ostida bo‘lgan hududlarni kengaytirishga qaratilgan siyosatining eng katta tavakkalchiligi inqirozga uchraganini, bundan buyon yashirishga hojat yo‘q. Afsuski AQSh hukumron doiralarining bunday  muvaffaqiyatsizliklari, ularning ko‘rligi va o‘z kuchiga ortiqcha ishonishi — boshqa  mamlakatlar uchun juda qimmatga tushmoqda”, — deb xulosa qiladi Smit.

Yangiliklar lentasi
0