Yevropa aholisi Turkiyani IShID bilan hamtovoqlikda gumon qilmoqda

© Commons.wikimedia / MagharebiaNeft mahsulotlarini noqonuniy sotish.
Neft mahsulotlarini noqonuniy sotish. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nemislarning 52%, amerikaliklarning 38 % va Angliyaliklarning 41 % terrorchilar bilan neft savdosi Turkiya hukumati bunga ko‘z yumishi tufayli sodir bo‘lmoqda deb hisoblaydi.

TOShKENT, 25-fevral, Sputnik matbuot xizmati – Sputnik.Mneniya so‘rovi natijalariga ko‘ra, Fransuzlarning 72 % Turkiya Suriya hududida olibsotarlarning IShID bilan neft savdosiga ko‘z yummoqda deb hisoblaydi.

Nemislarning yarmidan ko‘pi (52%), amerikaliklarning 38 % va Angliyaliklarning  41 % terrorchilar bilan neft savdosi Turkiya hukumati bunga ko‘z yumishi tufayli sodir bo‘lmoqda deb hisoblaydi.

So‘rov Germaniyada Populus kompaniyasi tomonidan, Fransiyada esa — Ifop kompaniyasi tomonidan Sputnik xalqaro axborot agentligi uchun o‘tkazildi.

“Turkiya IShID kabi terrorchi guruhlar bilan faol kurashmoqdami” degan savolga, Fransuzlarning 59% — “yo‘q”- deb javob berdi. Germaniyada ushbu savolga 36 % aholi yo‘q deb javob berdi, 26 % aholi “ha” deb javob berdi. Buyuk Britaniyada esa ikkala javob ham 23 % dan aholi to‘g‘ri keldi.

AQShda bo‘lsa aholining 30% “Turkiya IShID bilan faol kurashmoqda”, deb hisoblaydi, 17 % esa – “yo‘q”deb hisoblaydi.

AQSh, Buyuk Britaniya va Germaniyada so‘rov Populus kompaniyasi tomonidan 2016-yilning 3 – 4-Fevralida o‘tkazildi. Fransiyada so‘rov IFop kompaniyasi tomonidan 2016-yil 3-5 fevralida o‘tkazildi. So‘rovda qatnashgan aholi jinsi, yoshi va turar joyiga qarab tanlangan. Ma’lumotlar ishonch ehtimoli 95 % ni tashkil qildi.

© Sputnik / SputnikYevropa Turkiyani IShID bilan hamtovoqlikda gumon qilmoqda
Yevropa Turkiyani IShID bilan hamtovoqlikda gumon qilmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Yevropa Turkiyani IShID bilan hamtovoqlikda gumon qilmoqda

Sputnik. Mneniya loyihasi haqida / Jamoatchilik fikrini o‘rganishga qaratilgan ushbu xalqaro loyiha 2015-yil yanvarida o‘z ishini boshladi. Sputnik.Mneniya so‘rovlar o‘tkazish bo‘yicha Britaniyaning Populus va Fransiyaning Ifop jamoatchilik fikrini o‘rganish agentligi bilan hamkorlik qiladi. Sputnik. Mneniya doimiy ravishda AQSh va Yevrpa mamlakatlarida eng dolzarb ijtimoiy va siyosiy muammolar bo‘yicha aholi fikrini o‘rganish bilan shug‘ullanadi.  

Yangiliklar lentasi
0