TOShKENT, 25 fev – Sputnik. Hindistonning Xarana shtatidagi tartibsizliklar 28 kishining umriga zomin bo‘ldi, 200dan ortq kishi jarohatlandi, deb xabar berdi shtat rahbari Yashpal Singal, RIA Novosti xabariga asosan.
“Namoyishlar chog‘ida 28 kishi qurbon bo‘ldi. Biz 127 kishini hibsga oldik va 535 kishi ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atdik. 200 dan ortiq fuqaro va politsiya xodimlari yaralandi”, — deb hisobot berdi shtat rahbari NDTV telekanalida.
Singalning so‘zlariga qaraganda, hozirgi kunda shtatda vaziyat tez o‘z yo‘liga tushmoqda, asosiy temir yo‘l va avtomobil yo‘llarida harakat iziga tushmoqda.
Bir necha kun oldin Xaryana shtatida Jatlar etnik guruhi hukumatdan ish va o‘qish o‘rinlariga kvota talab qilib norozilik namoyishi o‘tkazgan edi. Jatlar Xaryana shtatini Deli va Panjob shtatlari bilan bog‘lovchi avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘yishgan edi. Namoyishchilar temir yo‘li va Hindiston poytaxtini suv bilan ta’minlaydigan kanalini ham to‘sib qo‘yishgan edi.