TOShKENT, 25 fev — Sputnik. O‘zbekistonning Rossiyada yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Baxrom Ashrafxonov Payshanba kuni Moskvaga uchib ketdi, deyilgan TIV matbuot xizmati xabarida.
Baxrom Ashrafxonov 1969-yilda Toshkentda tug‘ilgan. 1993-yilda Toshkent Iqtisoditot Universitetini “Xalqaro valyuta-kredit munosobatlari” mutaxassisligi bo‘yicha yakunlagan. 1992-1993 yillarda AQShning Uashita universitetida o‘qigan. Elchi vazifasiga tayinlanishdan oldin, Ashrafxonov, Moliya vazirlgida vazir o‘rinbosari va G‘aznachilik boshlig‘i lavozimida ishlagan.
O‘zbekistonning Rossiyadagi sobiq elchisi Akmal Kamolov ushbu vazifada 2014-yil oktabrdan 2015-yil dekabrgacha ishlab kelgan. U “O‘zpaxtasanoateksport” kompaniyasiga paxtani qabul qilish va qayta ishlash bo‘yicha boshqarma raisi etib tayinlanishi munosobati bilan o‘z lavozimidan ozod qilingan edi.