Yandeks va Google – OAVga tenglashtiriladi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tish"Yandeks" korxonasi ofisi
Yandeks korxonasi ofisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi qonun bo‘yicha Yandeks, Google, Rambler, Mail.ru kabi yirik axborot - agregatorlari OAVga tenglashtirilad va shubhali yoki yolg‘on ma’lumot tarqatgani uchun javobgarlikka tortiladi.

TOShKENT, 25 fev – Sputnik. Rossiya Davlat Dumasida Yandeks, Google, Rambler va Mail.ru kabi yirik internet axborot — agregatorlarini OAVga tenglashtirib ularni yolg‘on ma’lumot tarqatgani uchun javobgarlikka tortish taklif qilinmoqda, deb xabar berdi RIA Novosti "Kommersant" ma’lumoti asosida.

Yangi qonun loyihasi “Axborot va axborot texnologiyalari va axborotni himoya qilish haqida”gi qonunga va Ma’muriy javobrhgarlik kodeksiga o‘zgarishlar kiritishini ko‘zda tutgan. Kerakli o‘zgarishlar allaqachon Duma muhokamasiga kiritildi. Yangi qonun foydalanuvchilar soni sutkasiga 1 milliondan ziyod bo‘lgan axborot-agregatorlarini OAVga tenglashtirishni ko‘zda tutgan. Roskomnadzorga shunday saytlar reyestrini tuzish topshirildi.

“Yangi qonun axborot-agregatorlarini ular tarqatayotgan ma’lumotlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini tekshirishga majburlaydi, hattoki bunday axborot manbai OAV bo‘lsa ham.

Undan tashqari yangi qonun, agregatorlarni davlat nazorat organlari talabiga ko‘ra,  sud qarorisiz, bunday ma’lumotlarni  yo‘q qilishga majburlaydi…  Yana, axborot – agregatori milliy yuridik shaxs bo‘lishi shart. Uning moliyasi tarkibida faqat 20% gacha chet el sarmoyasi bo‘lishi mumkin”, — deb xabar bermoqda “Kommersant” nashri.   

Qonunchilar so‘zlariga qaraganda, bugungi kunda axborot-agregatorlari yangiliklar tarqatishda ommaviyligi bo‘yicha OAVdan ham kuchli. Shuning uchun, “Ularning javobgarligi ham OAVnikidek bo‘lishi shart”, — deb hisoblaydi yangi qonun mualliflari.  

Davlat Dumasi vakilining so‘zlariga qaraganda, ushbu loyiha ta’siriga 30 yirik tashkilot tushadi, ular orasida: Yandeks, Mail.ru, Google, Rambler, VKontakte, Sputnik, Facebook, Twitter va boshqalar.

Yandeks matbuot xizmati aytishicha, qonunga ushbu o‘zgarishlar kiritilsa "Yandeks.Novosti" xizmati o‘z faoliyatini davom ettira olmaydi.

O‘z faoliyatini qayta ko‘rib chiqib, yangi qonunga moslashish uchun tashkilotlarga olti oy muhlat beriladi.

Agar agregator Roskomnadzor talabiga binoan ishonchsiz ma’lumotlarni olib tashlamasa, jarimaga tortiladi. Jismoniy shaxslar uchun jarima 400 ming rubl, yuridik shaxslar uchun – besh million.

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishPolzovatel za noutbukom
Polzovatel za noutbukom - Sputnik O‘zbekiston
Polzovatel za noutbukom
Yangiliklar lentasi
0