TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisining qonunchilik palatasida ommaviy axborot vositalarining davlat muassasalari ochiqligida tutugan o‘rniga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi, “Jahon” AA xabariga asosan.
Seminar qatnashchilari davlat muassasalarining ochiqligini nazorat qilish mexanizmlari bilan tanishib chiqishdi.
“Milliy qonunchilikka asosan, bu yildan boshlab dalat muassasa va tashkilotlari faoliyatida “ochiqlik indeksi” kiritiladi. Ushbu indeksni aniqlashda, asosiy omillardan biri bu – davlat organlarining OAV va ijtimoiy institutlar bilan hamkorligi bo‘ladi”, — deydi O‘zbekiston Oliy Majlisi deputati Rasul Kusherboyev.
Seminarda davlat muassasa va boshqaruvchi tashkilotlarining ochiqligini ta’minlashda, aholiga siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar haqida ma’lumot yetkizishda matbuot xizmatlari va jurnalistlarning o‘rni haqida gapirildi.
Tadbirda parlament a’zolari va vazirliklar axborot xizmatlari vakilari, olimlar va jurnalistlar qatnashishdi.