TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida faqat ayollardan tashkil topgan "Xizb ut-Tahrir" guruhi aniqlandi, deb xabar bermoqda RIA Novosti K-News xabari asosida.
Qora-Su tumani huquqni saqlash organlari tuman xonadonlaridan birida 16 ayolni hibsga olishdi. Ayollarda ekstremistik xarakterga ega bo‘lgan adabiyotlar topilgan. Ayollar aytishiga qaraganda, ular din o‘rganish bilan mashg‘ul bo‘lganlar.
Hozirga vaqtda, tergov organlari tomonidan ushbu ayollarning diniy ekstremizm bilan aloqasi aniqlanmoqda.
"Xizb ut-Tahrir" oqimi Rossiya va boshqa mamlakatlarda ta’qiqlangan. Ushbu tashkilotning bir necha vakillari Rossiya hududlarida hibsga olingan. "Xizb ut-Tahrir" maqsadi — butun dunyoda islom hukumatini o‘rnatib “Dunyo xalifaligini” tashkil qilish.