LG G5 – qo‘shimcha modullarga ega bo‘lgan yangi flagman

© LGLG G5 kompaniyaning yangi modulli flagmani
LG G5 kompaniyaning yangi modulli flagmani - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Barselonada bo‘lib o‘tayotgan Mobile World Congress ko‘rgazmasida LG o‘zining yangi flagmani – G5 modulli smartfonni taqdim etdi.

TOShKENT, 24 fev – Sputnik. LG kompaniyasi Barselonada bo‘lib Mobile World Congress ko‘rgazmasida o‘zining yangi, muxlislar tomonidan intiqib kutilgan smartfonini taqdim qildi, deb xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.

Yangi LG G5 smartfonining boshqa telefonlardan asosiy farqi, bu – unga qo‘shimcha modullar ulash imkoniyatidir. Ko‘rinishindan oddiy smartfon, lekin uning pastki qismi ajralib o‘rniga kamera yoki audio pleyer moduli ulanishi mumkin.

Ingichka metall korpusli smartfonga bir necha sekund ichida 135 gradusni suratga oluvchi maxsus kamera kamera moduli yoki Hi-Fi audio pleyer moduli, yoki yangi akkumulyator ulanishi mumkin.  

Undan tashqari yangi flagman 5,3 duymli egilgan ekran bilan jihozlangan bo‘lib u 3D Arc Glass3 oynasi bilan qoplangan. Kutish va o‘qilmagan xabarlarni ko‘rsatish rejimida akkumulyator zaradini kamroq ishlatish uchun, kompaniya ekranning faqat bir qismini yorituvchi texnologiyani qo‘llagan. Ushbu yechim evaziga LG smartfoni kutish rejimida akkumulyatorning bor yo‘g‘i 0,8 % quvvatini ishlatadi.

LG CAM Plus4 — bu qo‘shimcha kamera moduli bo‘lib, u smartfonga batareya turar joyi orqali ulanishi mumkin. Kamera qo‘shimcha mexanik boshqaruv organlari  joylashtirilgan bo‘lib bu uni ishlatishda katta qulaylik yaratadi. Oddiy fotoapparatda bo‘lgani kabi o‘chirish-yoqish, uzoq/yaqinga zum qilish, diafragmani boshqarish uchun alohida tugmalar mavjud. Undan tashqari rasmga tushirish vaqtida, qo‘shimcha modul kamerani qo‘lda ushlab turish uchun qo‘shimqa qulaylik yaratadi. Modul o‘zining alohida 1200 mAch li akkumulyatoriga ega.  

© LGLG CAM Plus modul dlya smartfona LG G5
LG CAM Plus modul dlya smartfona LG G5  - Sputnik O‘zbekiston
LG CAM Plus modul dlya smartfona LG G5

LG Hi-Fi Plus – yangi innovatsion audiopleyer bo‘lib, u sifatli musiqani yaxshi ko‘ruvchilar uchun, Bang & Olufsen kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan.  LG Hi-Fi Plus audio pleyeri ko‘rinishi oddiy va elegant Skandinav uslubida yasalgan. Qo‘shimcha pleyer raqamli tovushni  32 bitli HiFi raqamni analogli musiqaga aylantiruvchi protsessor (SAP) bilan jihozlangan bo‘lib u tovushni juda yuqori sifatda uzatishi mumkin. Modul, simli yoki simsiz aloqa vositasida har qanday kompyuterga yoki pleyerga ulanish imkoniga ega.

Kameraning o‘ziga ulanadigan ushbu modullardan tashqari kompaniya ushbu kamera bilan Bluetooth texnologiyasi orqali ulanib ishlaydigan bir necha o‘nlab maslamalarni taqdim etdi. Ular orasida LG 360 VR — 360 grdusda suratga oluvchi foto video kamera, LG Rolling Bot – to‘pday dumalab 8Mp kameraga suratga va videoga oluvchi moslama, LG Tone Platinum™ –  eng yangi yuqori sifatli Bluetooth-garnitura va boshqalardir. Kompaniya xabariga ko‘ra, LG qo‘shimcha modullar va maslamalar ishlab chiqarish platformasini ochiq deb elon qiladi va istagan kompaniya LG G5 smartfoni uchun o‘zlari ishlab chiqqan qo‘shimcha modullarni savdoga chiqarishi mumkin.

© LGModuli i dopolnitelnie ustroystva dlya LG G5
Moduli i dopolnitelnie ustroystva dlya LG G5 - Sputnik O‘zbekiston
Moduli i dopolnitelnie ustroystva dlya LG G5

Eslatib o‘tamiz  LG kompaniyasi smartfon bozorida doimo o‘rtacha va ekonom klass mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kompaniya bo‘lib kelgan. Shu vaqtgacha kompaniya katta shov shuvga sabab bo‘ladigan yangilik yaratmagan edi. Aytib o‘tish joizki, kompaniyaning o‘tgan yilda savdoga chiqarilgan LG G4 modeli o‘zining bukilgan ekrani, natural teri bilan qoplangan korpusi va sifatli kamerasi bilan xaridorlarning hurmat va e’tiborini qozongan edi.

Yangiliklar lentasi
0