Mars 55 mamlakatda o‘z shokoladli konfetlarini savdodan qaytarib olmoqda

© JOHN THYS / AFPMars va Snikers shokoladli batonchiklar
Mars va Snikers shokoladli batonchiklar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mars va Snickers shokoladli batonchiklari ichiga tushib qolgan plastik bo‘laklari tufayli, Mars kompaniyasi ularni savdodan qaytarib olmoqda.

TOShKENT, 24 – Sputnik. Amerikaning Mars Chocolate kompaniyasi dunyoning 55 mamalakatida o‘z shokoladli konfetlarini savdodan qaytarib olmoqda, RIA Novosti xabariga asosan.

Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlar savdo do‘konlaridan Mars, Snickers, Milky Way, Mini Mix va  Celebrations konfetlari qaytarib olinmoqda.

Nazorat organlari fikriga ko‘ra, ichida plastik bo‘laklari bor bo‘lgan konfetlar iste’mol qilinganda, odamning nafas yo‘lini berkitib qo‘yishi mumkin. Plastik bo‘laklari bilan “boyitilgan” shokoladli batonchiklar 2016-yil boshida Marsning Niderland mamlakatlaridagi zavodida ishlab chiqarilgan.

Rossiyada ushbu shokoladli mahsulotlar savdodan qaytarib olinmaydi, deb e’lon qildi Mars kompaniyasi vakili. Rossiya va MDH  mamlakatlari uchun Mars kompaniyasi mahsuloti Stupino va Ulyanovsk shaharlarida ishlab chiqariladi.

“Batonchiklar ishlab chiqarish lokalizatsiya qilingan, shuning uchun hech qanday xavf yo‘q”, — dedi “Mars shokolad” kompaniyasi vakili Yelizaveta Aleksandrova.

Shtab kvartirasi AQShning Maunt-Oliv shaharchasida joylashgan Mars Chocolate kompaniyasi dunyoda eng yirik kompaniyalardan biri. Ushbu kompaniya siz yaxshi bilgan Snickers, Mars, Bounty, Milky Way, M&Ms, Twix va Dove dan tashqari Pedigree, Chappi, Whiskas, Kitekat, Sheba, Royal Canin va boshqa mahsulotlar ham ishlab chiqaradi.

Yangiliklar lentasi
0