Silvio Berluskoni vegetarianlikni qabul qildi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishItaliya sobiq Bosh vaziri Silvio Berluskoni
Italiya sobiq Bosh vaziri Silvio Berluskoni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Siyosatchining so‘zlariga qaraganda, qushxonaga olib boriladigan jonivorlar qanchalik zahmat chekishidan xabar topgach, go‘shtga bo‘lgan ishtahasi o‘z-o‘zidan yo‘qolgan.

TOShKENT, 23 fev — Sputnik, Nataliya Shmakova. Italiya sobiq Bosh vaziri, "Olg‘a, Italiya" partiyasi yetakchisi Silvio Berluskoni vegetarian bo‘lishga qaror qildi, deb xabar qiladi RIA Novosti Corriere della Sera nashriga tayangan holda.

"Qushxonalarga olib boriladigan hayvonlar qanchalik zahmat chekishlaridan xabar topgach, go‘shtga bo‘lgan ishtaham o‘z-o‘zidan yo‘qoldi. Bundan buyog‘iga go‘shtsiz ham yashay olaman”, — dedi 79 yashar siyosatchi.

"Biz ajoyib mavjudotlar haqida gapirapmiz. Ularni qanday qilib yeyish mumkin?", — davom etdi u. Nashr keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, 29-sentabrda 80 yoshni qarshi olgan Berluskoni bunday qarorga yaqinda kelgan.

“Berluskonini vetetarianlikka boshqa sabab undgani aniq. Ammo u hozircha noma’lumligicha qolmoqda”, — deb yozadi nashr.

 

Yangiliklar lentasi
0