TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Toshkent viloyatining sobiq hokimi Ahmadjon Usmonov 21-fevral kuni hibsga olindi, deb xabar qiladi RIA Novosti uzmetronom.com elektron nashriga tayangan holda.
Internet nashrida berilgan xabarga ko‘ra, Toshkent viloyati sobiq hokimi Ahmadjon Usmonov o‘tgan dam olish kuni hisbsga olingan.
"Joriy yilning 4-fevralida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Toshkent viloyati hokimligidan olib tashlangan IIV generali Ahmad Usmonov yigirma birinchi fevral kuni hibsga olindi”, — deb aniqlik kiritadi internet nashri, huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbaga ishora qilgan holda.