O‘zbekistonda 86 % bolalarda kariyes bor

© Sputnik / Sergey Krasnouxov / Mediabankka o‘tishStomatologiya poliklinikasida
Stomatologiya poliklinikasida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shifokorlar fikriga ko‘ra ushbu kasallikning asosiy sababi – irsiyat, noto‘g‘ri ovqatlanish, gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik va ekologik vaziyatdir.

TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Hozirgi kunda O‘zbekistonda 3 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 86 foizida kariyes kasali bor, deb xabar berishdi Sputnik muxbiriga Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklarini o‘rganish ilmiy tekshirish institutida.  

Institut o‘tkazgan izlanishlarga ko‘ra, bolalar tish kasalliklarining asosiy sababi – irsiyat, noto‘g‘ri ovqatlanish, gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik va ba’zi hududlardagi ekologik vaziyatdir.

“Odatda bunday kasallik, o‘z bolasiga yetarlicha diqqat e’tibor qilmagan ota-onalar aybi bilan sodir bo‘ladi. Bola tishi sog‘lom bo‘lishi uchun, ularning ovqat ratsionida fosfor va kaliy moddalari yetarli bo‘lishi, og‘iz bo‘lig‘i tozaligiga etibor berish va tishlarni kamida ikki marotaba: ertalab va kechqurun tozalash kerak bo‘ladi. O‘z navbatida biz ham, maktablar va bolalar bog‘chalari uchun sog‘lom ovqatlanishi uchun maxsus dasturlar va metodikalar ishlab chiqqanmiz, sekin-asta bu sohada kerakli madaniyat shakllantirmoqdamiz”, — dedi mutaxassis. 

Ilmiy tekshirish insituti xodimi fikriga ko‘ra, bolalar tish kasalliklari soni ko‘payishining yana bir sababi — ba’zi viloyatlardagi ekologik vaziyat va toza ichimlik suvining yetarli bo‘lmaganidir.

“Agar biz bergan maslahatlarga to‘liq amal qilinsa, kariyes muammosini hal qilish mumkin. Sog‘lom ona va sog‘lom bola yilida ushbu yo‘nalishdagi faoliyatimizni kuchaytiramiz. Aslida kariyes bu – kalla suyagining chirishidir, shuning uchun muammoga jiddiy qarashimiz kerak”, — dedi ilmiy xodim.

Prezident qarori bilan 2016-yil O‘zbekistonda Sog‘lom ona va sog‘lom bola yili deb e’lon qilingan. Davlat dasturiga ko‘ra, Respublikada sog‘lom va barkamol avlod o‘stirish uchun bir qator chora va tadbirlar amalga oshirish rejalashtirilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0