TOShKENT, 22 fev — Sputnik. 2016 yilda O‘zbekistonning “Tezkor qidiruv faoliyati haqida”gi qonuniga tegishli o‘zgarishlar kiritilib, huquqni muhofaza qilish organlariga kuryer jo‘natmalarini tekshirish huquqi beriladi, deyilgan dushanba kuni e’lon qilingan hukumat qarorida.
Qarorda 2016-yilda “Tezkor qidiruv faoliyati haqida”gi qonuniga kiritish chiqarilishi kerak bo‘lgan tegishli o‘zgarishlar loyihasi tasdiqlangan.
Hozirgi amal qilayotgan qonunga ko‘ra, tezkor-qidiruv faoliyati doirasida faqat pochta jo‘natmalari tekshirilishi mumkin. “Hozirgi kunda O‘zbekistonda xususiy jo‘natmalar hajmi umumiy jo‘natmalarning 85%ni tashkil qiladi. Pochta jo‘natmalari hajmi esa yildan yilga kamayib bormoqda”, — deyilgan qarorda.
“Kiritilishi kerak bo‘lgan o‘zgarishlar, internet orqali faoliyat yuritayotgan jinoiy guruhlar faoliyatini oldini olishga yordam berishi kerak”, — deb izoh berishdi Bosh prokuraturada. O‘zbekiston militsiyasi bir yil davomida 50 mingdan ko‘p ekstremistik materiallar tarqatilishini oldini oldi.
Oxirgi uch yil davomida O‘zbekistonda pochta-kuryer xizmatlari orqali internet magazinlardan tovarlar sotib olish ommaviylashib bormoqda. Hozirgi kunda 30 pochta-kuryer xizmatlari ko‘rsatuvchi kompaniyalar ro‘yxatdan o‘tgan. Ushbu yo‘l bilan sotib olingan tovarlar oboroti turli hisoblarga ko‘ra 20 — 50 millionni dollarni tashkil qilmoqda.