TOShKENT, 22 fev – Sputnik. 2016 yilda O‘zbekistonda tarkibida GMO – genetik modifikatsiya qilingan obyektlar, bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarni olib kirish va iste’mol qilish tartibiga o‘zgarishlar kiritilsin, deyilgan dushanba kuni e’lon qilingan prezident qarorida.
Yangi hujjatga ko‘ra, “Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi haqidagi” qonunga, bolalar uchun mo‘ljallangan mahsulotlar tarkibida GMOli moddalarni butkul ta’qiqlash va GMOli mahsulotlarni respublikaga olib kelish va iste’mol qilishni cheklash borasida o‘zgarishlar qiritiladi. Talab qilingan o‘zgarishlar ushbu yil kuzgacha ishlab chiqilib, Respublika parlamenti muhokamasiga taqdim etilishi kerak.
Qonunga kerakli qo‘shimchalar kirtish, “2016 yil — sog‘lom ona va sog‘lom bola yili” dasturi doirasida, oilada ona va bola sog‘lig‘ini yaxshilash borasida ko‘zda tutilgan choralardan biri bo‘lishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, 2015-yilda O‘zbekistonda yodlanmagan tuzlarni olib kirishni ta’qiqlagan edi. Ushbu chora qabul qilinishiga, Respublikada organizmda yod yetishmasligi bilan bog‘lik kasalliklarning keng avj olishi sabab bo‘lgan. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, aholining 40 % dan ortig‘i yod mahsulotlarini kerakli miqdorda iste’mol qilmaydi, chunki O‘zbekiston an’anaviy oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida yod kam.