TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Kecha Toshkentda XIV Osiyo chempionatining final o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston va Eron jamoalari maydonga tushdi. O‘yin 1:2 hisobida Eron g‘alabasi bilan tugadi.
Dunyoning eng kuchli komandalaridan biri, 10 karra Osiyo chempioni – Eron terma jamoasiga qarshi o‘ynashning o‘zi bo‘lmaydi. Shunga qaramasdan, O‘zbekiston nafafaqat minimal hisobda yutqizdi, balki ajoyib o‘yin ko‘rsatdi.
O‘zbekiston o‘yinni mudofaadan boshladi. O‘yin boshida Eron futbolchilari har bir imkoniyatda darvozani nishonga olishardi. O‘zbekiston toqat bilan himoyada o‘ynadi. Besh minut o‘tganidan keyi Irsaliyev to‘satdan Eron himoyachisidan to‘pni olib qo‘yib, uni darvozaga yo‘lladi. Bunaqasini hech kim kutmagan edi. 1:0 O‘zbekiston oldinda.
Ushbu gol Eron futbolchilarini g‘azabga keltirdi shekilli, ikki minutdan keyin Ahmadi hisobni tenglashtirdi. Yetti minut o‘tgan Eron kapitani Keshavarz yana bir gol bilan jamoasini oldinga olib chiqdi.
Eron juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi: ko‘p kombinatsiyalar, jamoaning bir-birini so‘zsiz tushunishi bexato uzatmalar bularning barchasi jamoaning dunyo grandlaridan biri ekanini yaqqol namoyish qildi. O‘zbekiston asosan himoyada, ba’zi-ba’zida hujumga o‘tib o‘ynadi.
Ikkinchi taymda ikkala jamoa ham hujumda o‘ynadi. Lekin natija o‘zgarmadi. O‘zbekiston jamoasiga biroz noanniq zarbalar yokin oxirigacha yetkizilmagan kombinatsiyalar oldinga chiqishga xalal berdi. Doimo, natjaga yetishga bir bahya qolardi.
Aytib o‘tish kerakki, tomoshabinlar ham matonat bilan jamoani qo‘llab quvvatlashdi. O‘yin boshida butun zal bo‘ylab yoyilgan O‘zbekiston bayrog‘i, zal ijrosida yangragan madhiya, nafaqat jamoaga qo‘shimcha kuch-g‘ayrat bag‘ishlaydi balkim ularga qo‘shimcha javobgarlik buchri ham yuklaydi, albatta. Ikkinchi taym oxirida ko‘p tomoshabinlar ovozi bitib qolgunga qadar baqirdi desak adashmaymiz.
O‘yin oxiriga uch minut qolganda Mendez darvozabon o‘rniga ham beshinchi o‘yinchini chiqardi. O‘zbekiston raqib darvozasiga tinimsiz hujum uyushtirdi. Doimo golga bir bahya qolardi. Zarbalarning biri Eron darvozaboni yuziga tegib uni bir necha sekundag nokaut qildi. Afsuski, bularning barchasi hisobni oshirga yordam bermadi.
Uyin 2:1 hisobda tugadi. Eron oltin medal, O‘zbekiston kumush medal sovridori. Oldinda Kolumbiya va Jahon Chempionati.