Armaniston minglab qizchalardan mahrum bo‘ldi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishQizaloq.
Qizaloq. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirgi kunda, Armaniston va boshqa mamlakatlarda selektiv abort(ota-onani tug‘ilajak farzand jinsi qoniqtirmaganda, amalga oshiriladigan abort) “odat” tusiga aylanib bormoqda. Armaniston yiliga minglab qizchalardan mahrum bo‘lyapti.

TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Farzand dunyoga kelishi – har bir ota-ona hayotidagi unutilmas kun, desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Ammo Artak qiz farzandni dunyoga keltirgan rafiqasini tug‘ruqxonadan kutib olish uchun soqoli o‘sgan bir alfozda yo‘lga chiqdi. Soqol o‘stirish hozir “urf” bo‘lgani uchunmas, yo‘q. Shunchaki, bir oy oldin xotini o‘g‘ilmas, qiz tug‘ishidan xabar topganidan beri, o‘ziga qarashga hafsalasi o‘ldi…
BMT Demografik fondi o‘tkazgan tadqiqot natijalari, shuni ko‘rsatdiki, Armaniston 2060-yilga kelib 90 ming nafar qizchalardan – bo‘lajak onalardan, mahrum bo‘lishi mumkin.

Hozirda mamlakat hukumatida selektiv abortni qonunan ta’qiqlash borasida muzokaralar olib borilmoqda.
So‘nggi besh yil mobaynida, Armanistonda yangi tug‘ilayogan har 100 nafar qiz farzandga/114 nafar o‘g‘il bola to‘g‘ri kelmoqda. Jahonda esa ushbu ko‘rsatkich 107/103ni tashkil qiladi.

Bu holat, sog‘liq muhofazasi uchun mas’ul amaldorlarning tashvish cheka boshlashlariga sabab bo‘ldi.
Aytib o‘tish joizki, bo‘lajak onaning turmush o‘rtog‘i yoki qaynonasi "shunday bo‘lishini xohlagani” uchungina ko‘plab qizaloqlar tug‘ilish, yashash va atrofdagilarga quvonch ulashish huquqidan mahrum bo‘lishmoqda. 
Bo‘lajak ona o‘ziga o‘tkazilayotgan bosim tufayli, jumladan, qiz farzand tug‘ilishini turmush o‘rtog‘i “sharmandalik”, deb hisoblagani uchun, o‘z farzandidan voz kechishga majbur bo‘lyapti.
Bu mamlakatda, qadimdan qolgan yana bir an’anaga mavjud – ayol, to o‘g‘il tug‘ib bermaguniga qadar tug‘ishga majbur.
Hozir esa, mamlakatda qizlar tug‘ilmay qo‘ydi. Nega, deysizmi? Chunki, ulardan bir necha daqiqa ichida qutulish mumkin bo‘lib qoldi.
Qolaversa, ko‘plab arman erkaklari ongida, birinchi farzand, albatta, o‘g‘il bo‘lishi kerak, degan fikr qattiq o‘rnashib qolgan.
Bu juda g‘alati. Tug‘ilajak farzand jinsini belgilash o‘zimizga bog‘liq bo‘lganida edi…
Arman erkaklarining fikricha, haqiqiy arman erkagi daraxt ekishi, o‘g‘ilni voyaga yetkazishi hamda uy qurishi lozim.
Armanistondagi eng dolzarb muammo haqida internetdagi maqollarni birma-bir qarab chiqar ekanman, odamni cho‘chitadigan bir izohga ko‘zim tushdi. Bir yo‘lovchidan farzandi o‘g‘il yoki qiz bo‘lishini xohlashi haqida so‘rashganida, u: “O‘g‘il. Qizim meni boqib olishi uchun o‘z eridan qancha pul o‘g‘irlashi kerak”, deb javob qaytargan.

Hindistonda maktabdagi tahsil pul turadi. Shu bois, uddaburro ota-onalar pullarini o‘g‘illari uchun asrab qo‘yisharkan. Ularning fikricha, o‘g‘illar qizlardan ko‘ra “foydaliroq”. Bu o‘lkada, ota-ona bilan birga yashaydigan qizlarni “paraya dxan”, ya’ni, “o‘zganing boyligi” deb chaqirishadi.

Eng achinarlisi, Armanistonda erkaklar shu darajada yalqovlashib ketganki, hatto, o‘rta yoshdagilari ham, qo‘l qovushtirib o‘tirishni ma’qul ko‘radi – bor umidi o‘g‘illaridan bo‘lsa kerakda!
Millat fojiasi emasmi bu?
O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasidan ma’lum bo‘lishicha, so‘nggi yillar ichida Ozarbayjonda har 100 qiz bolaga/114 nafar o‘g‘il, Gruziyada har 100 qiz bolaga/113 nafar o‘g‘il, Armanistonda esa har 100 nafar qiz bolaga/114 o‘g‘il bola to‘g‘ri kelmoqda. Uch mamlakat ham selektiv abortni xush ko‘ruvchi davlatlar o‘ntaligidan o‘rin olgan.
Eng qizig‘i, so‘rov o‘tkazilganda, Armanistonda har uchinchi yo‘lovchi, selektiv abortni vahshiylik, deb hisoblashini ta’kidlagan. Ammo statistika, ularning dilidagi tilidagi bilan kelishmasligini yaqqol ko‘rsatib turibdi.

Milliy statistika xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-yilda Armanistonda 19 611 qizaloq va 22 204 o‘g‘il bola (2014-yilda — 20 162 qiz va 22 869 o‘g‘il bola) tug‘ilgan.

Aytgancha, xitoyliklar o‘tkazgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘g‘il bolalar qizlardan 1% ga ko‘p bo‘lishi, mamlakatda kriminal darajasini 4 % ga oshirar ekan.

Armaniston hukumati, qiz bola tug‘iladigan oilalarni qo‘llab-quvvatlashi kerak chog‘i, aks holda, tez orada o‘nglab bo‘lmas hodisalar ro‘y berishi turgan gap.
O‘z vaqtida, ikki nafar qiz farzandga ega Armaniston Bosh vaziri Ovik Abraman mamlakatda avj olayotgan selektiv abortdan bekorga tashvish tortmagan ko‘rinadi…
Albatta, arman erkaklarining o‘g‘il farzandga bo‘lgan muhabbatini tushunish mumkin. Axir ular bo‘lajak askar va hokazo. Ammo shu askarga ham, ular haqida qayg‘uradigan yor, farzand, opa-singil kerak. Mamlakatda ayollar tanqisligi esa erkaklarni ayollarga boy davlatlarga migratsiya qilishga majbur etishini-ku, gapirmasa ham bo‘ladi…

Yangiliklar lentasi
0