TOShKENT, 20 fev — Sputnik. O‘zbekiston Senatida (Oliy majlisining yuqori palatasida) prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiya tuzildi, deb xabar berdi Oliy majlisning matbuot xizmati. Komissiya tuzish haqidagi qaror Senat va Oliy majlisning umumiy Kengashida juma kuni qabul qilindi.
Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu komissiya “Respublikada qonun va qonuniylik ustuvorligini ta’minlash va prokuratura faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida” tashkil etilgan.
Komissiya zimmasiga jumladan, prokuratura organlari ish tartibini, ishlash metodlarini va huquqni tadbiq qilish amaliyotini belgilovchi qonunlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish yuklatilgan.
Komissiyaning 15 a’zosi Senatorlardan tashkil topgan bo‘lib, ular o‘z vakolati muddatiga saylanadi. Komissiya Senat Kengashi oldida har yili ikki marta bajarilgan ishlar haqida hisobot berishi kerak.
O‘zbekiston Oliy majlisi ikki palatadan tashkil topgan. Qonunchilik palatasi 150 deputatdan tashkil topgan bo‘lib, ular besh yil muddatga saylanadi. Yuqori palata (Senat) 100 senatordan tashkil topgan bo‘lib ular har bir viloyatdan, Qoraqalpog‘iston respublikasidan va Toshkent shahridan 6 kishidan saylanadi. Undan Tashqari Senatning 16 a’zosi, eng obro‘li fuqarolar orasidan, Prezident tomonidan shaxsan saylanadi. Oliy majlisga oxirgi saylov 2014-yil noyabrida bo‘lib o‘tdi, Senatga – 2015-yil yanvarida.