Futzal OCh yarim finali: O‘zbekiston - Tailand

© Federatsiya futbola UzbekistanaO‘zbekiston futzal bo‘yicha jaomasi
O‘zbekiston futzal bo‘yicha jaomasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston - Tailanda o‘yin kuchli bosim ostida boshlandi. Asosoiy vaqtda o‘yin 2:2 hisob bilan yakunlandi.

TOShKENT, 19 fev — Sputnik. O‘zbekiston jamoasi o‘yinni kuchli bosim ostida boshladi shekilli, o‘yin boshida biroz xatolarga yo‘l qo‘yildi. Yaxshiyam darvozada Rustam Umarov turibdi. U bir necha bor jamoadoshlari xatolaridan komanda sha’nini asradi.

Ikkinchi bo‘limning 23 daqiqasida Raxmatov hisobn ochdi. Goldan jamoa biroz bo‘shashdi shekilli, raqib shu zahotiyoq tashabbusni o‘z qo‘liga olib, to‘pni O‘zbekiston darvozasiga yo‘lladi. Jetsada Chudech ajoyib texnika yordamida gol urib hisobni tenglashtirdi.  

Asosiy vaqtda hisob 1:1 bilan tugadi. Qo‘shimcha vaqt berildi. 41 daqiqada Tailand gol urdi: Apivat chap qanotdan uzatilgan to‘pni oyog‘ini orqasi bilan darvozaga yo‘lladi. Hisob 2:1, Tailand oldinda.

47 daqiqa darvozabon o‘rniga o‘yinga tushgan Artur Yunusov tailand darvozasiga gol urib hisobni tenglashtirdi.  Ikkala qo‘imcha vaqt ham tugadi, hisob 2:2.

Endi hisob penaltilar bo‘yicha aniqlanadai.

Penaltilar bo‘yicha hisob 3:1 hisobida belgilandi. O‘zbekiston finalga chiqdi.

Yangiliklar lentasi
0