Moskvada asosan kimlar ijarada turadi?

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishMoskva shahar ko‘rinishi
Moskva shahar ko‘rinishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya poytaxtida ijaraga uy olgan chet el fuqarolari 1% dan kam.

TOShKENT, 19 fev –Sputnik. Moskva uy-joy ijara bozorida uzoq chet mamlakatlardan kelgan fuqarolar soni 1% xolos, RIA Novosti, “Miel” ko‘chmas mulk kompaniyasi hisobotiga ko‘ra.    

Moskvada uy ijaraga olgan chet el fuqarolari soni 2007, 2008-yillardan buyot keskin kamayishni boshladi. O‘shanda, iqtisodiy qiyinchiliklarning birnchi bosqichi boshlanganida, Moskvada faoliyat ko‘rsatayotgan chet el kompaniyalari o‘z xodimlari sonini keskin qisqartirishni boshlgan edi.

Hozirgi kunda Moskvada asosiy ijarachilar bu — boshqa viloyatlardan kelgan Rossiya fuqarolaridir. Ular Moskva ijara bozorida mijozlarning 60 %ni tashkil qiladi. Bunday fuiarolar bir vaqtlarda Moskvaga kelgan va shu yerda ishga joylashgan, lekin hali o‘z uy joyiga ega emas. Ular ijaraga oladigan uylar narxi 25-40 ming rubl atrofida.

Ijaraga turuvchilarning taxminan 30% bu MDH mamlakatlaridan kelganlardir. Asosan ular Ozarbayjon, Armaniston va O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib, rubl qadri tushishiga qaramasdan, ular Moskvada ishlayotgan fuqarolardir. MDH fuqarolari o‘rtacha 25-35 ming rublga kvartirada turadi.

Ijara bozorining qolgan 10 % – bu Moskvaliklarning o‘zi bo‘lib, ular turli sabablarga ko‘ra ijaraga uy olgan fuqarolardir.

Yangiliklar lentasi
0