Moskvada 81 yoshli kampir 20 mln o‘margani uchun hibsga olindi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishRossiya rubli
Rossiya rubli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskvada 81 yoshli ayol nafaqaxo‘rlardan tovlamachilik yo‘li bilan 20 mln rubldan ziyod mablag‘ o‘g‘irlagani uchun hibsga olindi.

TOShKENT, 19 fev – Sputnik. Moskva politsiyasi xodimlari 20dan ziyod, tuberkuloz bilan kasallangan  kishilarni aldab ularning har biridan bir millionga yaqin mablag‘ o‘margan 81 yoshli ayol hibsga olindi, IIB iqtisodiy jinoyatlar bo‘limi    xabariga asosan.

Politsiya xabariga ko‘ra, 81 yoshli ayol tuberkuloz bilan kasallangan be’morlarning ishonchiga kirib, ularga davlatdan navbatsiz yangi uy-joy olib berishni va’da berib,  o‘rtacha bir million rubldan pul olgan. Keyin esa ushbu pullarni o‘z xoxishiga qarab ishlatgan. Pul bergan odamlar bilan esa aloqani uzgan.

“Tovlamachi ayol 1,1 million pul olish vaqtida hibsga olindi. Ayol turar joyida esa boshqa odamlardan olingan pullar haqida yana 20ga yaqin tilxat topildi. Olingan pullar qiymati 600 mingdan bir milliongacha, ularning umumiy qiymati esa 20 milliondan ortiq”, — dedi IIB vakili.  

Moskva Shimoli-G‘arbiy okrugi IIB tomonidan JKning “katta miqdordagi tovlamachilik” bandi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ushbu ayol harakatidan yana jabrlanganlar bo‘lsa, politsiyaga murojaat qilishi e’lon qilingan.

Yangiliklar lentasi
0