TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Tehronning Xomeyni aeroporti va O‘zbekistonning Navoiy aeroportlari yuklar tranziti sohasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishmoqchi, bunga Eron hukumati ham o‘z hissasini qo‘shadi, dedi Eronning O‘zbekistondagi yangi elchisi Baxman Agarazi Dormani, Uzbekistan Today xabariga asosan.
“Yaqinda Tehronda O‘zbekiston aviatsiya xozmatlari v akillari bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar Navaiy va Xomeyni aeroportlari orasida yuk tashishni yo‘lga qo‘yishga kelishib olishdi”, — dedi Dormani.
Uning fikriga ko‘ra “Eron aeroporti O‘zbek tovarlarini keyingi transportirovkasi uchun ham ishlatilishi mumkin… O‘zbekistonning O‘rta Osiyoda jug‘rofiy joylashishi Eronning hududdagi davlatlar bilan transport kommunikatsiya imkoniyatlarini kengaytirish uchun foydali bo‘lishi mumkin”.
Eron diplomati fikriga ko‘ra O‘zbekiston va IRI orasida tovar oboroti 2014-yilda 200 mln dollarni tashkil qilgan edi. Bu albatta juda kam. Yaqin yillar orasida ushbu ko‘rsatkich bir milliard dollarga yetishi mumkin.
“O‘zbekiston va Eron munosobatlari tarixiy, madaniy va dini ildizlarga ega. O‘zbek tilida juda ko‘p so‘zlar fors tiliga o‘xshab ketadi. Butun dunyoga mashhur olim va faylasuflar aynan O‘zbekiston hududida o‘sib ulg‘aygan. Mana shularning bari bizni o‘zbek xalqiga boshqacha mehr bilan qarashimiz sababidir. Shuning uchun ham Eron birinchilardan bo‘lib O‘zbekiston mustaqilligini qo‘llab-quvvatladi va diplomatik munosobatlar o‘rnatdi. Bugungi kunda, biz albatta ushbu yosh mamlakatning rivojlanishi va gullab yashnashi tarafdorimiz”, — dedi Eronning O‘zbekistonda gi elchisi Baxman Agarazi Dormani.