TOShKENT, 18 fev —Sputnik. Toshkent shahar sudi O‘zbekistonning to‘rt fuqarosi ustidan tergov olib bormoqda. Ular “Salafiya” oqimiga aloqadorlikda ayblanmoqda. Ushbu oqim O‘zbekistonda ekstremistik oqimlar qatoriga qo‘shilgan. Bu haqda Toshkent shahar prokuraturasi xodimi xabar berdi.
“Salafiya” – bu islomning fundamentalistik yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, oqim tarafdorlari islom diniga boshqa din va falsafiy oqimlar tushunchalarini olib kirishga qarshi chiqishgan.
“Tergov organlari tomonidan, hibsga olinganlar aholi orasida Salafiya aqidalarini tarqatganlikda ayblanmoqda. Bunga dalil — hibsga olish vaqtida ularning yonidan topilgan diniy ekstremistik adabiyotlar bo‘lmoqda”, — dedi muassasa vakili.
Uning so‘zlariga qaraganda, ushbu to‘rt kishi o‘tgan yilning oktabr oyida hibsga olingan edi. Ularni qo‘lga olish paytida Suriyaga qanday qilib yetib kelish haqida yo‘riqnomalar topilgan. Ushbu hujjatlar ularning Suriyaga borib “Islom davlati” jangarilari qatoriga qo‘shilmoqchi bo‘lganidan dalolat beradi. Ayblov JKning bir necha bandi bo‘yicha qo‘yilgan va jazo 15-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bo‘lishi mumkin.
O‘zta Osiyo mamlakatlari maxsus xizmatlari vakili xabariga ko‘sra Salafiya oqimi tarafdorlari Suriyada “Islom davlati” terrorchilari qatorida jang qilmoqda.