Suriyadan jangovor reportaj

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishSuriyada maxsus harbiy operatsiya
Suriyada maxsus harbiy operatsiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Quyidagi videolavha Suriya shimolida Fevral boshida suratga olingan. Unda Suriya harbiylarining navbatdagi qishloqni jangarilardan ozod qilishi suratga olingan.

TOShKENT, 18 fev – Sputnik.  ANNA (Abkhazian Network News Agency) – Abxaziya Internet Yangiliklar agentligi, o‘zining Suriyadagi haqiqiy jangovor operatsiyalar haqidagi reportajlari bilan internetda shuhrat qozongan.

Quyidagi videolavha Suriya shimolida Fevral boshida suratga olingan. Unda Suriya harbiylarining navbatdagi Suriya qishlog‘ini ozod qilishi  suratga olingan.

Anna nyuz suratga olish guruhi, dastlab, tog‘ yon-bag‘rida joylashgan Art Sahra harbiy lageriga kelishdi. Harbiylar u yerda qurol-aslaha va oziq ovqat zahiralarini to‘ldirib, razvedkachilar va hujumchi guruhlar Piyodalar Jangovor mashinasida (BMP) tog‘ cho‘qqisiga qarab yo‘lga chiqadi.

Ularning vazifasi – Latakiya viloyati shimolida Turkiya chegarasiga yaqinida joylashgan Bashura aholi punktini jangarilardan ozod qilish.

Harbiy guruhlar tog‘ cho‘qqisidan turib Bashurani razvedka va hujum rejalashtirgan. Belgilangan joyga yetib kelgach razvedkachilar guruhi daraxtlar va putalar panasida Bashura qishlog‘i tomon yo‘l oldi. Hujumchi guruh esa tog‘ cho‘qqisida qoldi.

Razvedka natijasida qishloqda an-Nusra jangarilari borligi va ular qishloq atrofidagi tepaliklarda o‘rnashib olganligi aniqlandi. Uyushtirilgan qisqa otishma natijasida razvedkachilar terrorchilar o‘t ochish nuqtalarini aniqlab, ularning koordinatalarini artilleriyachilarga xabar berishdi.

Tunga yaqin razvedkachilar guruhi qishloqqa yaqinroq joylarda joylashib oldi. Tuni bilan va erta tongda artilleriya ishga tushdi. To‘plardan o‘qqa tutish natijasida jangarilarning o‘t ochish nuqtalari yakson qilindi, jangarilarning ko‘pi qurbon bo‘ldi. Qishloqda qolgan jangarilar hujumchi otrad yordamida siqib chiqarildi.

Artilleriya, razvedka va hujumchi qo‘shinlarning yaxshi kelishilagan sa’y-harakatlari tufayli tog‘li Latakiyada navbatdagi aholi punkti ozod qilindi.

“Keyingi vazifa – tog‘ yonbag‘ridan borib navbatdagi qishloqni ozod qilish va shu tariqa butun Suriya hududi ozod bo‘lmaguncha”, — dedi hujumchilar otradi qo‘mondoni.

 

Yangiliklar lentasi
0