Suriya qurdlari: Anqaradagi teraktlar IDning ishi

Obuna bo‘lish
“Turkiya Bosh vazirining Anqaradagi teraktlarda Suriya qurdlarini ayblashi - hech qanday asosga ega emas”, - dedi “Demokratik Ittifoq” partiyasi rahbari Solih Muslim Muhammad.

TOShKENT, 18 fev – Sputnik, Rafael Daminov. Qurd O‘z-o‘zini himoya qilish kuchlari Anqarada portlashlar tashkil qilmagan, bu ID terrorchilari ishi, dedi RIA Novostiga Qurd O‘z-o‘zini himoya qilish kuchlari bilan bog‘liq bo‘lgan “Demokratik Ittifoq” partiyasi  rahbari Solih Muslim Muhammad.  

Payshanba kuni Turkiya Bosh vaziri Axmet Davutoglu Anqaradagi teraktlarda “Demokratik Ittifoq” partiyasi  bilan bog‘liq bo‘lgan Suriya O‘z-o‘zini himoya qilish kuchlarini ayblagan edi.

“Bu mutlaq noto‘g‘ri. Anqarada bo‘lib o‘tgan voqealarga Qurdlarning hech qanday aloqasi yo‘q. Bo‘lib o‘tgan voqealar Turkiyaning IDga qarshi kurashiga bog‘liq, chunki IDning ko‘plab vakillari Turkiyada yashaydi”, — dedi Solih Muslim.

Anqarada Chorshanba kuni kechqurun minalashtirilgan avtomobil portlatib yuborildi. Portlash shahar markazida, Parlament va Bosh shtab binolariga yaqin joyda sodir bo‘ldi. Portlash oqibatida 28 kishi qurbon bo‘ldi, 60dan ziyod odam jarohatlandi. Terakt Turkiya harbiylariga qarshi qartilgan bo‘lsada, tanch aholi ham zarar ko‘rgani e’tirof etildi.

Yangiliklar lentasi
0