TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Rossiya va Tojikiston o‘zaro hisob-kitoblarda dollardan voz kechib, milliy valyutaga o‘tish masalasini muhokama qilmoqda, xabar qildi chorshanba kuni Rossiya Federatsiya kengashi Yer Qo‘mitasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Lisovskiy ikki mamlakat o‘rtasida o‘tkazilgan ishbilarmonlar forumi yakunida.
"Biz o‘zaro hisob-kitoblarda dollardan voz kechib, milliy valyutaga o‘tmoqchimiz", — dedi senator. Lisovskiyning fikricha, bu singari mexanizmlar shu yildanoq joriy etilishi mumkin.
Bundan tashqari, uchrashuv ishtirokchilari Rossiya va Tojikistonga qishloq xo‘jaligi va boshqa mahsulotlarni yetkazib berish masalalalarini ham muhokama qildilar. Jumladan, logistika sohasi masalalariga jiddiy e’tibor qaratildi.
"Biz Rossiya va Tojikistonda logistika markazlarini tashkil qilishga kelishib oldik, shuningdek, Tojikistondan Rossiyaga va Rossiyadan Tojikistonga hech qanday to‘siqlarsiz va qisqa fursat ichida mahsulotlarni yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish uchun “yashil koridorlarni” yaratish masalalari ham atroflicha muhokama qilindi”, — dedi Lisovskiy.