TOShKENT, 18 fev — Sputnik. "Sog‘lom avlod uchun" xayriya fondi 11 bolani Germaniyaga davolashga yubordi, deb xabar berdi tashkilot matbuot xizmati.
Kichik patsiyentlar Toshkentdan Germaniyaga 17-fevralda uchib ketishdi. Yordam xalqaro gumanitar tashkilot Friedensdorf International ko‘magida amalga oshirilmoqda. Tadbirda Toshkent, Jizzax, Namangan, SAmarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatidan bolalar qatnashdi.
Xabarga ko‘ra 21-Fevralda O‘zbekistonga Germaniyada davlanib bo‘lgan bolalarning 13 nafari qaytib keladi.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Sog‘lom avlon uchun” fondi va Germaniyaning Friedensdorf International xayriya tashkiloti bilan shartnoma 2002-yilda tuzilgan edi. Hamkorlik boshlanganidan buyon 300 ga yaqin O‘zbekistonlik kichik patsiyentlar Germaniyada davolanib qaytishdi.